21:39 / 15.05.2015
2721

Navoiyda "O‘zbekiston muzeylari istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, "O‘zbekmuzey” respublika jamg‘armasi va Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida "O‘zbekiston muzeylari istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat va uy muzeylari mas'ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Seminar ishtirokchilari erta tongda buyuk alloma Alisher Navoiyning poyiga gulchambar qo‘ydilar.

So‘ngra Navoiy viloyat hokimligida tashkil etilgan muzey tantanali ravishda ochildi.
Tadbirda muzeylarni arxeologik topilma va eksponatlar bilan boyitish, ularni asl holicha saqlash, bunda malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida fikr almashildi. Ana shunday sayyor ilmiy-amaliy tadbirlar, ochiq osmon osti muzeylaridagi seminarlar O‘zbekiston muzeylari istiqbolini yanada yuksalishiga muhim omil bo‘ladi.

Top