07:06 / 15.05.2015
2629

Nepal bosh vaziri hukumat ikkinchi zilzilaga tayyor bo‘lmaganini tan oldi

Nepal bosh vaziri Sushil Koirala hukumat ikkinchi zilzilaga tayyor bo‘lmaganini tan oldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

“Birinchi zilziladan keyin biz bunday katta darajadagi ikkinchi zilzilaga tayyor emasdik”, deb aytdi Koirala jurnalistlarga bergan intervyusida.

Koirala yuz minglab odamlar hanuzgacha boshpanasiz qolayotgani uchun musson yomg‘irlari yog‘ishi haqidagi ob-havo ma'lumotlaridan xavotirda ekanligini ta'kidlab o‘tgan.

Avvalroq Nepaldagi birinchi zilzila qurbonlari soni 8 mingdan oshib ketgani ma'lum qilingandi.

Top