18:43 / 15.05.2015
2339

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Bugun 15 may kuni O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasida yoshlar o‘rtasida opera ijrochilik san'atining rivojlanishida "Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilarining respublika ochiq ko‘rik-festivalining ahamiyati” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Madaniyat va sport ishlari vazirligining tegishli boshqarma boshliqlari, mazkur ko‘rik-festivalning Hakamlar hay'ati a'zolari va ko‘rik festival g‘oliblari ishtirok etdi. 

Matbuot anjumanini O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, ko‘rik-festivalning hakamlar hay'ati raisi B. Yakubov kirish so‘zi bilan ochib berdi. 
Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillariga mazkur ko‘rik-festivalning maqsadi, erishilgan natijalari, O‘zbekistonda opera ijrochilik san'atining rivojlanish dinamikasi to‘g‘risida atroflicha ma'lumotlar berildi.

Shuningdek anjumanda Opera xonandasi (tenor), bastakor, Sankt-Peterburgdagi Mariinsk opera va balet teatri xodimi, Sank-Peterburg Davlat konservatoriyasininig vokal kafedrasi professori (Rossiya) G. Xanedanyan, Vokal bo‘yicha Xalqaro ekspertlar assotsiatsiyasi a'zosi, "Yosh qo‘shiqchilar akademiyasi” badiiy rahbari, Sankt-Peterburgdagi Marinsk opera va balet teatri opera rejissyori (Rossiya) L. Gergieva O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va opera ijrochilik san'atining rivojlanish dinamikasi to‘g‘risida so‘zlab, O‘zbekistonda yangi ovozlar ko‘paygani va ularga Davlat tomonidan yaratilayotgan bunday sharoitlarga xavas qilarlik darajada ekani haqida gapirishdi.

Anjuman yakunida mazkur ko‘rik-festival g‘oliblari tadbir yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Top