15:38 / 15.05.2015
1621

Petr Chexning agenti o‘z mijozi asosiy tarkibda o‘ynashni istayotganini ma'lum qildi

Londonning «Chelsi» klubi darvozaboni Petr Chexning agenti Viktor Kolarj mijozining kelajakdagi faoliyati borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Chexning «Chelsi» bilan hali nihoyasiga yetmagan shartnomasi bor, biroq sizga shuni aytishim mumkinki, klub mijozimga qiziqqan jamoalar bilan muzokara olib borishimizga ruxsat bergan».

«Petrning o‘zi ham top-klub safida doimo asosiy tarkibda tushishni istamoqda», – deya Kolarjning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com internet nashri.

Top