15:13 / 15.05.2015
6178

Qozog‘istonlik o‘zbekning hovlisidagi Stalin haykali buzib tashlandi

Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turkiston shahri yaqinidagi Eski Iqon qishlog‘idagi Stalin haykali olib tashlandi. Bu haqda Turkiston hokimining matbuot kotibi Malik Olmaxonga iqtibos keltirgan holda Today.kz nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Stalinga Qozog‘istonda qo‘yilgan yagona yodgorlik bo‘lmish ushbu haykal 1956 yilda joyidan olib tashlangan edi. Shu yili 9 may arafasida qishloq aholisi uni qayta ta'mirdan o‘tkazib, mahalliy urush faxriysi, o‘zbek millatiga mansub Murod Yo‘ldoshevning hovlisiga o‘rnatgan edi. Ta'kidlanishicha, haykalni ta'mirlash uchun mablag‘ ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘plangan.

Bu holat keskin munozaralarga sabab bo‘ldi. Garchi Qozog‘iston qonunchiligi haykalning o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilmasa-da, Stalinning nomini tiklashga bo‘lgan urinish qozoq ziyolilarining noroziligiga sabab bo‘ldi.

Nihoyat, bugun 5 m balandlikka ega haykal kran yordamida postamentdan olib tashlandi. Bu holat o‘z navbatida qishloq aholisining noroziligiga sabab bo‘ldi. Ishni o‘rganayotgan prokurorlar xususiy uydagi davlat ro‘yxatida turmagan haykalning buzib tashlanishini huquqbuzarlik deb baholamoqda.

Top