04:58 / 15.05.2015
1658

«Sevilya» Yevropa ligasi yarimfinalining javob uchrashuvida ham «Fiorentina»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Yevropa ligasi musobaqasining yarimfinal javob uchrashuvlaridan o‘rin olgan “Fiorentina” hamda “Sevilya” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 0:2 hisobi qayd etilib, mehmonlar g‘alaba qildi.

Dastlab, o‘yinning 22-daqiqasida Bakka hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tgach, Karrisu raqib Neto darvozasiga ikkkinchi to‘pni kiritdi.

Shu tariqa, “Sevilya” javob uchrashuvida ham “Fiorentina”ni qiyinchiliksiz mag‘lub etib, Yevropa ligasi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Yevropa ligasi. Yarim final
Javob uchrashuvi

Fiorentina Italiya – Sevilya Ispaniya 0:2
Gollar: 0:1 – 22 Bakka, 0:2 – 27 Karrisu.
Fiorentina – Neto, Alonso, Basanta (Paskual, 46), Rodriges, Savich, Salax, Valero (Latstsari, 85), Sanches, Ilichich, Fernandes (Badel, 67), Pisarro.
Sevilya – Riko, Kolodzeychak, Karrisu, Koke, Tremulinas, Mbia, Kryxovyak, Banega (Iborra, 55), Vidal, Vitolo (Reyyes, 74), Bakka (Gameyro, 70).
Ogohlantirishlar: Pisarro (21), Savich (26), Banega (34), Valero (49).
Dastlabki uchrashuv: 0:3

Top