22:09 / 16.05.2015
3581

Balotelli Stiven Jyerardga xat yozdi

O‘zining "injiq" fe'l-atvori bilan mashhur bo‘lgan "Liverpul" hujumchisi Mario Balotelli jamoa sardori Stiven Jyerardning so‘nggi o‘yini munosabati bilan unga xat yozdi. 

"Men sen bilan juda ko‘p o‘yin o‘tkaza olmadim, shunday bo‘lsa-da, bu men uchun yodda qolarli bo‘ldi. Sen juda ajoyib inson hamda sardorsan. Senga jarima to‘plari hamda penaltilarni tepishga berish sharaf. Senga va oilangga eng yaxshi tilaklarni hamda kelajakdagi ishlaringda omad tilayman", - deb yozgan 24 yoshli futbolchi.

Avvalroq, Stiven Jyerard o‘zining "Liverpul" tarkibidagi so‘nggi uchrashuvga maxsus butsada maydonga tushishi ma'lum qilingan edi.

Top