09:11 / 16.05.2015
2911

Georgiy Cherdantsev Yevropa Ligasi va “Chelsi”ning o‘yin uslubini tanqid qildi

Taniqli sport kommentatori Georgiy Cherdantsev Yevropa Ligasi musobaqasi va “Chelsi” ijrosidagi zerikarli futbol haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Siz tvitterda Yevropa Ligasini yopib yuborsa ham bo‘ladi, degan fikrni bildirib o‘tdingiz” degan savolga Cherdantsev quyidagicha fikr bildirib o‘tdi.

“Aynan shunday. Juda bo‘sh musobaqa. Agar o‘zining milliy chempionatining yetakchisi hisoblanmagan, Yevropada yetakchi jamoalarga aloqasi bo‘lmagan jamoa (“Dnepr” nazarda tutilmoqda – tahr.), xuddi shu fikrni Portugaliyaning “Braga” jamoasi haqida ham aytish mumkin, ushbu musobaqaning finaliga chiqa olsa, bu musobaqaning unchalik yuqori darajada emasligidan va musobaqa ichida raqobatning sustligidan darak beradi. Men futbolni natija uchun emas, futbol bo‘lgani uchun yaxshi ko‘raman. Axir futbol sirk emas, haqiqiy bellashuvdir.

Men o‘z fikrimni aytib o‘tdim, xolos. Shuningdek, menga “Chelsi” ko‘rsatayotgan o‘yinni ko‘rish qiziq emas. Men bu jamoaning o‘yinlarini juda kam ko‘raman, chunki bu jamoa juda zerikarli o‘yin namoyish qilyapti. Biroq shunga qaramay, “Chelsi” chempion bo‘la oldi”, deb kommentatorning so‘zlarin keltirib o‘tdi eurofootball.ru portali.

Top