12:25 / 16.05.2015
2435

O‘zbekistonda ot sporti bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati boshlandi

15 may kuni Toshkent viloyati hududida ot sporti bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati start oldi.

Ushbu musobaqa 17 may kuniga qadar davom etadi. Unda mezbonlar bilan birgalikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistondan kelgan sportchilar ishtirok etmoqda.
Ma'lumot uchun, ot sporti bo‘yicha Markaziy Osiyo ligasi 1998 yilda Xalqaro ot sporti federatsiyasi qoshida tashkil etilgan. Toshkentdagi musobaqa liganing joriy yilda o‘tkaziladigan 3 bosqichli turniridan biri bo‘lib, yana ikki bosqich Qozog‘iston va Qirg‘izistonda tashkil etiladi. Yakunda g‘olib bo‘lgan sportchi jahon Kubogiga yo‘llanma oladi.

Top