14:27 / 16.05.2015
4572

Roskosmos “Proton-M” raketasi parvozida kutilmagan vaziyat sodir bo‘lganini ma'lum qildi

Roskosmos “Proton-M” raketasi parvozi paytida kutilmagan vaziyat yuz berganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Kutilmagan vaziyat Moskva vaqti bilan soat 08:56 da, raketaning ko‘taruvchi bloki “Briz-M” va “MeksSat-1” sun'iy yo‘ldoshining ajralishiga bir daqiqa qolganda yuz bergan.

Avvalroq Meksika sun'iy yo‘ldoshi bo‘lgan “Proton-M” raketa tashuvchi kemasi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan parvoz qilgani ma'lum qilingandi.

Top