08:09 / 16.05.2015
1793

Sarkozi "PSJ" muxlislarini Pogbaning sotib olinishi jarayoniga o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi

Fransiyaning sobiq prezidenti hamda "PSJ" jamoasining ashaddiy muxlisi hisoblanadigan Nikolya Sarkozi "Yuventus" jamoasining fransiyalik futbolchisi parijliklar jamoasi safiga o‘tishida yordam berishni istamoqda.
"Pogbani jamoaga olib kelish yaxshi g‘oya. Biz barchamiz bu ish amalga oshishi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak", deb yozadi Sarkozi o‘z tvitterida.
Qayd etish joizki, Pogbaning transfer huquqini sotib olish uchun "PSJ" bilan birgalikda "Manchester Siti", "Real" va "Barselona" kabi jamoalar ham raqobatlashmoqda.

Top