12:53 / 17.05.2015
3139

Boltiq dengizi ustida Litva samolyoti bedarak yo‘qoldi

"Klayped avialiniyasi"ning An-2 samolyoti Boltiqbo‘yidan Shvetsiyaning Geteborg shahri tomon yo‘l olgan edi.
Ayni paytda Litvaning harbiy kema va vertolyotlari yaqindagina Boltiq dengizida yo‘qolgan samolyotni izlash ishlariga jalb etilgan. Yengil An-2 yuk tashuvchi samolyoti qishloq xo‘jaligi aviatsiyasi kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Geteborg shahriga Klaypeddan parvozga ko‘tarilgan edi.
So‘nggi bora u shanba, 17 may kuni mahalliy vaqt bilan 18 atrofida aloqaga chiqqan. O‘sha vaqtda samolyot Litvaning Palang shahridan 97 dengiz mili (taxminan 179.644 kilometr) uzoqlikda bo‘lgan.
Litva ommaviy axborot vositalarining ma'lum qilishicha, yengil samolyot bortida ikki tajribali uchuvchi bo‘lgan. Samolyot esa 1981 yili ishlab chiqarilgan.
Litva tomoni uchuvchilar Palangdagi aviadispecherlar bilan aloqa yo‘qolganidan so‘ng havo kemasini suvga qo‘ndirib, o‘z hayotlarini saqlab qolganligini inkor etmayapti.
Qidiruv ishlariga Litva Respublikasining harbiy kemalari va bir nechta vertolyotlar jalb etilgan. Biroq shu vaqtga qadar qidiruv operatsiyasi o‘z natijasini bergani yo‘q.

Top