13:27 / 17.05.2015
1762

De Bryuyne golli uzatmalar miqdori bo‘yicha bundesliga rekordini o‘rnatdi

“Volfsburg” klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne bir mavsumda amalga oshirilgan golli uzatmalar miqdori bo‘yicha Bundesliganing yangi rekordini o‘rnatdi.

16 mayda 23 yoshli belgiyalik futbolchi Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi uchrashuvda Daniel Kalijuriga golli uzatma oshirib berdi. Bu uzatma de Bryuyne uchun mavsumdagi 21-golli uzatma bo‘ldi.

Avvalgi rekord “bo‘rilar”ning yana bir o‘yinchisi Zvezdan Misimovich tomonidan 2008/09 yillardagi mavsumda o‘rnatilgan edi. Futbolchi o‘sha mavsumda 20 ta golli uzatma amalga oshirgan edi.

“Volfsburg” Bundesliga yakunlanishiga bir tur qolganda musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallamoqda. Diter Xekking jamoasi o‘zi uchun Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etishni kafolatlab qo‘ydi.

Top