14:10 / 17.05.2015
2627

Eron sanksiyalar olib tashlanishi bilanoq Yevropaga neft yetkazib bermoqchi

Eron Yevropa mamlakatlariga rasmiy Tehronga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinishi bilan neft yetkazib berishga tayyor, deya xabar bermoqda TASS.
Bu haqda Eron neft vazirligi vakili, Eron milliy neft kompaniyasining xalqaro masalalar bo‘yicha direktori Moxsen Kamsari ISNA agentligiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"Eron Yevropaning neftga bo‘lgan ehtiyojining qariyb yarmini qondirishi mumkin. Shartnomalar spot (hisob-kitoblar shartnoma tuzilishi bilan qisqa muddat ichida amalga oshiriladi) kelishuvlari asosida tuzilib, Yevropa mamlakatlari boshqa yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan yillik shartnomalarni yakuniga yetkazmasdan turib ular uzoq muddatli yangi kelishuvlarni imzolay olmaydilar", — deydi Kamsari.

Ayni paytda Eron kuniga 1,1 million barrel neftni eksport qilmoqda.
Avvalroq, Eron neft vaziri Bijan Zangane neftning bir barrelini 70-75 dollardan baholanayotgani ma'lum qilingan edi.

Top