06:42 / 17.05.2015
10019

Internetda Chechenistonning Nojay-Yurt tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va 17 yoshli qizning to‘yi videosi paydo bo‘ldi

16 may kunida anchagina shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Chechenistonning Nojay-Yurt tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 46 yoshli (avval manbalarda 57 yosh deb ko‘rsatilgan edi) Najud Guchigov va 17 yoshli chechen qizi Luiza (Xadi) Goylabiyevaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi.

17 yoshli Luiza Goylabiyeva FHDYo bo‘limiga aksariyat kelinlar kabi oq libosda keldi. Kelin o‘zini juda kamtar va vazmin tutdi, yerdan ko‘zini uzmadi. Najud Guchigov va Luiza Goylabiyeva bir oila deb e'lon qilingandan keyin turmush qurganlik haqida FHDYo muhri urilgan ikkala pasportni “kuyovbola” olmoqchi bo‘lganda kelinning qarindoshlaridan biri uni to‘xtatib qoldi. Natijada har ikkisining pasporti kelinga topshirildi.

Kuyov bilan kelin FHDYo binosidan chiqqanlaridan keyin turli mashinalarga o‘tirib, qarindoshlari va mehmonlar bilan to‘yni Grand Hall Firdaws saroyida nishonlash uchun ketishdi.

To‘yda kelin va kuyovni Checheniston rahbari Ramzon Qodirov tabrikladi hamda ushbu to‘yni “mingyillik tantanasi” deb atadi. Bu to‘y atrofidagi shov-shuvlar OAVlarda chechen politsiyachisining balog‘atga yetmagan qizni uning ixtiyoriga qarshi “ikkinchi xotin” qilib olmoqchi bo‘layotgani haqida maqolalar chop etilgandan keyin ko‘tarilgandi.

Internetda yangi oilaning visol onlari muhrlangan videolavhalar chop etildi.

Top