15:40 / 17.05.2015
2166

Iroq bosh vaziri 20 mayda Moskvaga tashrif buyurmoqchi

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy 20 mayda Moskvaga keladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Iroq Vazirlar Mahkamasining rasmiy vakili Saad al-Hadisiyning aytishicha, uchrashuv paytida Iroqni harbiy va informatsion qo‘llab-quvvatlash hamda xavfsizlik kuchlariga qurol-aslaha yetkazib berish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Top