18:05 / 17.05.2015
1415

"Manchester Siti" safarda "Suonsi" ustidan g‘alaba qozondi

APLning 37-turida “Manchester Siti” safarda “Suonsi”ga qarshi maydonga tushdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 2:4 hisobida “shaharliklar” foydasiga hal bo‘ldi.

Mezbonlar tarkibida Gilfi Tor Sigurdsson (45’) hamda Bafetimbi Gomis (64’) gol urgan bo‘lsa, mezbonlardan Ture (21’, 74’), Milner (36’) hamda Boni (90+2’) o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

37-turdan so‘ng “Manchester Siti” 76 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda. 3-o‘rinda borayotgan “Arsenal” ikki o‘yin kam o‘tkazgan holda 70 ochko to‘plagan. “Suonsi” klubi esa 56 ochko bilan 8-pog‘onani band etgan. 

Top