15:37 / 17.05.2015
2042

Totti Jyerrardni zamonamizning eng yaxshi uchta futbolchisi qatoriga kiritdi

“Rimning “Roma” futbol jamoasi yarimhimoyachisi Franchesko Totti “Liverpul” afsonasi Stiven Jyerrardning “Enfild”dagi xayrlashuv nutqiga izoh berib o‘tdi.

“Men Jyerrardni nafaqat Angliyada, balki dunyodagi eng yaxshi uchta o‘yinchi qatoriga kiritgan bo‘lardim, chunki u yoshligidanoq o‘yinlar taqdirini hal qilib kelgan har tomonlama mukammal futbolchidir.

Menimcha, bunday kalibrdagi futbolchi bilan o‘ynash har bir futbolchining orzusi bo‘lsa kerak. U ajoyib futbolchi. Fikrimcha, Stivenni dunyoning istalgan klubi o‘z safida ko‘rishni xohlagan bo‘lardi”, – Tottining so‘zlaridan iqtibos keltirdi "Roma" klubi rasmiy sayti.

Top