15:04 / 18.05.2015
2961

2015 yilning kuzida Qirg‘iziston aholisi 6 mln nafarga yetishi kutilmoqda

Shu yilning oktabrida Qirg‘iziston aholisi 6 mln nafarga yetishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev 16 may kuni bo‘lib o‘tgan "Xalqaro onalar kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir vaqtida ma'lum qilgan.
"Onalarimiz va ayollarimiz sharofati bilan shu yilning oktabr oyida mamlakatimiz aholisi soni 6 mln nafarni tashkil qilishi kutilmoqda. Qirg‘izistondagi demografik o‘sish ko‘rsatkichlari ancha yaxshilangan. Biz qahramon onalar bilan faxrlanamiz. Bizda neft yoki gaz boyliklari yo‘q, lekin onalarimiz bizning boyligimizdir. Men barchani bu bayramni o‘z onasi yonida nishonlashga chaqiraman", deydi u tadbirda so‘zlagan nutqi davomida.
Qirg‘izlar rahbari yaqin yillarda qirg‘izistonlik onalar sharofati bilan mamlakat aholisi 10 millionga yetishiga ishonishini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Top