18:11 / 18.05.2015
2503

Estoniyaning GoRail temir yo‘l kompaniyasi Tallin-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha marshrutni to‘xtatmoqda

Estoniyaning GoRail temir yo‘l kompaniyasi Tallin-Moskva yo‘nalishi bo‘yicha marshrutni to‘xtatmoqda. Kompaniya joriy hafta oxirida Estoniya poytaxtidan ushbu yo‘nalish bo‘yicha so‘nggi yo‘lovchilar tarkibi jo‘natilishi haqida ma'lum qilgan.

GoRail kompaniyasi direktori Alar Pinselning aytishicha, Tallin-Moskva marshrutining to‘xtatilishiga Rossiyadan turistlar kelishining kamayganligi sabab bo‘lib, buning oqibatida kompaniya zarar ko‘rmoqda.

Pinsel ushbu yo‘nalishdagi aloqani Estoniya temir yo‘llari kompaniyasi davom ettirishi mumkinligini ta'kidlagan.

Estoniya temir yo‘llari Rossiya temir yo‘llari kompaniyasi bilan aloqani davom ettirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgan bo‘lib, hozircha mazkur masalada biror to‘xtamga kelinmagan.

Top