09:10 / 18.05.2015
7239

Internetda bahaybat akula tasvirlangan videolavha paydo bo‘ldi

AQShning Massachusets shtati politsiyasi internetda gigant akula aks etgan videoni chop etdi. Videoni ko‘rgan mutaxassislarning fikricha, akulaning uzunligi 7,6 metrni tashkil qiladi.

Bu akula AQShning shimoli-g‘arbida joylashgan Keyp-Kod yarimoroli sohilidan 150 metr uzoqlikda aniqlangan.

Bahaybat akula – kattaligi bo‘yicha kitsimon akuladan keyin 2-o‘rinda turadi. O‘zining katta o‘lchamlari va qo‘rqinchli ko‘rinishiga qaramasdan, u odam uchun xavf tug‘dirmaydi, chunki u go‘sht yemaydi.

Top