16:29 / 18.05.2015
4140

Internetda «Stiv Jobs» filmining ilk treyleri paydo bo‘ldi

Internetda «Stiv Jobs» filmining dastlabki treyleri paydo bo‘ldi. Filmda bosh rolni Maykl Fassbender ijro etgan.

Film ssenariyi muallifi Apple asoschilaridan bir bo‘lgan Aaron Sorkin sanaladi. Rejissyor sifatida esa Denni Boyl ishlagan.

Oldinroq Maykl Fessbenderning Stiv Jobs obrazidagi ilk fotosuratlari internetda paydo bo‘lgandi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, 2013 yilda «Jobs: jalb qiluvchi imperiya» filmi suratga olingan va mazkur kartina kinotanqidchilar tomonidan juda past bahoga loyiq ko‘rilgandi.

Top