19:18 / 18.05.2015
3767

Oq uy Barak Obamaga 6 yillik prezidentlikdan keyin tvitter yuritishga "ruxsat berdi"

18 may kunidan boshlab AQShning 44-prezidenti Barak Obama tvitterda o‘zining shaxsiy akkauntiga ega bo‘ldi.
"Salom, Tvitter! Bu men, Barakman. Haqiqiysi. 6 yil prezidentlik qildim va nihoyat Oq uy menga nihoyat tvitterda akkaunt ochishim uchun ruxsat berdi", deb yozadi Obama.
Ma'lum bo‘lishicha, u ilk tvitini iPhone orqali yozdi.
Uning ilk tviti 20 daqiqa ichida 25 ming martadan ortiq rt qilingan hamda bu akkaunt shu vaqt ichida 117 mingdan ortiq follover yig‘gan. Uning o‘zi esa hozircha 65 akkauntni follou qilgan.
Obamaning akkauntida haqiqiylikni tasdiqlovchi belgi qo‘yilgan hamda uning shaxsiy saytiga havola berilgan.

Top