07:45 / 18.05.2015
5015

Peterburgda Putin sharafiga o‘rnatilgan haykal Rimning shafqatsiz imperatori Neronga qiyoslandi

17 may kuni Peterburgning Agalatova qishlog‘ida mahalliy kazaklar tomonidan Rossiya prezidentining antiqa byusti o‘rnatildi. Bu haqda “Nevskiye novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Haykalning o‘ziga xosligi shundaki, unda Putin Rim imperatori qiyofasiga ega. Yangi yodgorlikdagi Putin Rim aslzodalarining togasida, boshida g‘alaba timsoli bo‘lmish dafna yaproqlaridan yasalgan chambar bilan tasvirlangan.
Qishloqdagi xutor atamani Andrey Polyakovning so‘zlariga qaraganda, kelajakda byustni ikki barobar kattaroq qilib bronzadan ishlash rejalashtirilmoqda.
Le Figaro nashrining yozishicha, kazaklar Putinning Qrimni Rossiya tarkibiga “qaytargani” sharafiga bu haykalni o‘rnatgan. Tvitterda esa haykal Rim imperatori Neronning qiyofasiga ega ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.
Ma'lumot uchun, Neron (37-68) Rimni 54-68 yillarda boshqargan imperator bo‘lib, qonxo‘rligi bilan tanilgan. U Rim shahriga o‘t qo‘ygan, shuningdek, xristianlarni qatag‘on qilgan shaxs sifatida tarixda qolgan.

Top