15:13 / 18.05.2015
1960

Pokiston kompaniyalaridan biri soxta diplomlar sotishda ayblanmoqda

Pokistonning Axact soxta diplomlar sotish orqali har yili o‘n millionlab dollar pul topadi. Bu haqda kompaniyaning sobiq xodimlariga tayangan holda The New York Times gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, mijozlar kompaniyadan yuzlab universitetlar va oliy maktablarning soxta oliy ma'lumot diplomlarini sotib olishi mumkin. Aslida esa bu diplomlar haqiqiy akkreditatsiyadan o‘tkazilmagan.
Axact tarmog‘i 370 saytdan iborat. Kompaniyaning Karachidagi shtabida 2 ming kishi ishlaydi. U rasman o‘zini mamlakatdagi eng yirik soft ishlab chiqaruvchisi deb ataydi. Aslida esa, nashrdagi ma'lumotlariga qaraganda, u asosan soxta diplomlar hisobidan tirikchilik qiladi.
Kompaniya yuristlari nashrga yo‘llagan maktubida bu ma'lumotlarni inkor qilgan.

Top