15:54 / 18.05.2015
2838

Rossiya qishloqlaridan birida o‘zbekistonlik mehnat muhojiri qurilish maydonida yiqilib, halok bo‘ldi

Rossiya qishloqlarining birida davom etayotgan qurilish demontaj vaqtida O‘zbekiston fuqarosi havozadan yiqilishi natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda «Fontanka» nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, 15 may kuni Novgorod ko‘chasidagi «Nordika» uy-joy fondi qurilish maydonida 28 yoshli o‘zbekistonlik quruvchi to‘rtinchi qavatda davom etayotgan demontaj jarayonida havozadan yiqilib tushgan. Og‘ir jarohat olgan fuqaro ko‘p o‘tmay jon bergan.

Hozirda mazkur voqea yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Top