08:46 / 18.05.2015
2307

Texas shtatida baykerlar orasida kelib chiqqan otishma oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi

Texas shtatining Vako shahridagi avtomobil turargohida joylashgan restoranda bir-biriga dushman baykerlar bandasi orasida otishma sodir bo‘ldi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘ldi.

Otishmada oralarida kelishmovchilik yuzaga kelgan ikkita bayker uyushmasi a'zolari ishtirok etgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya to‘qnashuv ishtirokchilari yonidan turli xil sovuq qurollar – zanjirlar, pichoqlar, bitalar, to‘qmoqlar va o‘qotar qurollar topishgan.

Qo‘lga olinganlar va jarohatlanganlar soni haqida hech narsa aytilmayapti. Shunisi ma'lumki, restoranga tashrif buyurgan mijozlar otishma paytida muzlatgichlarga berkinib olishgan. Hudud o‘rab olingan, politsiyachilar voqea tafsilotlari oydinlashmaguncha odamlarga voqea joyidan ketishlariga ruxsat bermayapti.

Top