08:16 / 18.05.2015
2345

Xitoyda jarlikka tushib ketgan avtobusning 35 yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Xitoyda avtobusning jarlikka tushib ketishi oqibatida uning ichida bo‘lgan 35 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda I Cross China nashri xabar bermoqda.
Fojia Chinxua viloyatida sodir bo‘ldi. Avtobus 30 m chuqurlikka ega jarlikka tushib ketdi. Uning ichida bo‘lgan 46 yo‘lovchidan 25 nafari voqea joyida halok bo‘ldi, yana 10 nafarining joni shifoxonada uzildi.

Top