07:58 / 19.05.2015
1901

Armanistonda 10 metrli do‘lma tayyorlandi

16 may kuni Armanistonning Musaler qishlog‘idagi yodgorlik majmuasida o‘tkazilgan “Uduli” 5-an'anaviy do‘lma festivali ishtirokchilari yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Analitikaua.net resursining ma'lum qilishicha, oshpazlar 10 m uzunlikka ega do‘lma tayyorlashgan.
Ma'lum bo‘lishicha, dunyodagi eng uzun do‘lma “Pandok Afrikyanov” restorani oshpazlari tomonidan tayyorlangan.
“Uduli” an'anaviy do‘lma festivali har yili Armavir viloyatidagi “Sardarapat” yodgorligida o‘tkazilar edi. Bu yilgi tadbir shu viloyatdagi “Musaler” yodgorligiga ko‘chirildi. Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad – arman oshxonasini, xususan, do‘lmani targ‘ib qilish.
Bu yilgi festivalda 27 restoran vakillari ishtirok etib, 90 turdagi do‘lma tayyorlandi.

Top