05:36 / 19.05.2015
2143

Ispaniyalik taksist mashinasida qoldirib ketilgan va ichida 7200 dollar bo‘lgan ryukzakni egasiga qaytardi

Ispaniyada sayohat qilayotgan sayyohlardan biri o‘z ryukzagini taksida unutib qoldirdi. Lekin ichida 7200 dollar pul va boshqa buyumlar bo‘lgan ryukzak taksist tomonidan olib kelib berilgan. Bu haqda Sur.es xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, oyiga 900 yevro ishlab topuvchi Frantsisko ismli bu taksist Malaga shahrida o‘z rafiqasi hamda 15 yoshli qizi bilan 2 xonali uyda istiqomat qiladi.
"Menga bu sumka kerak emas. Axir bu boshqaniki edi", deb o‘z harakatini tushuntiradi Frantsisko.
Qayd qilinishicha, ushbu sofdil haydovchi ichida 7200 dollardan tashqari pasport, qimmatbaho fotoapparat, planshet hamda soatlar bo‘lgan bu sumkaning egasini bir necha kun davomida izlagan.

Top