10:40 / 19.05.2015
4221

Mariya Sharapova internetda mashhur bo‘lgan “smaylik”larga parodiya qildi

Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova o‘zi suratga tushgan quvnoq rolikda boshqa ayol sportchilar bilan birga qayg‘u, ko‘z yosh, kulgi va “havo” bo‘salari uzatish holatlarini tasvirlab berdi.

Ayollar tennis uyushmasining YouTube’dagi kanalida paydo bo‘lgan bu rolikda dunyoning eng mashhur ayol tennichsilari ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar ishlatadigan “smaylik”larni o‘xshatib berishga harakat qilishgani tasvirlangan.

Unda Sharapovadan tashqari, amerikalik tennischi Serena Uilyams, ruminiyalik Simona Xalep, serbiyalik Ana Ivanovich va boshqa ayol tennischilar ishtirok etishdi. Tennischilar hammasi bo‘lib 17taga yaqin mashhur bo‘lgan smayllarni tasvirlab berishdi.

Tennischilar uyalish va ko‘z qisish, xafa bo‘lish, so‘ngra xandon kulish, yig‘lash va oxirida havo bo‘sasini yuborish harakatlarini namoyish qilishdi.

Bu tadbir nafaqat internet-foydalanuvchilarning kayfiyatni ko‘tarish uchun, balki tennischilarning o‘zini ham quvontirishga qaratilgan. Oldinda ularni “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi Parijda 24 maydan 7 iyungacha o‘tadigan “Rolan Garros” musorbaqasi kutmoqda.

Top