09:44 / 19.05.2015
1858

Meksika janubida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Meksikaning janubiy shtati Chyapas hududida 5,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Mahalliy hukumat vakillarining xabar berishicha, tabiiy ofat oqibatida hech qanday talofat ko‘rilmagan.

Meksika Milliy seymologik xizmati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila markazi Syudad-Idalgo shahridan 67 km janubda sodir bo‘lib, uning o‘chog‘i 62 km yer tagida qayd qilingan.

Top