17:44 / 19.05.2015
4982

NATO Rossiyani harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishda ochiq-oydinlikni ta'minlashga chaqirmoqda

NATO Moskvani Rossiya tomonidan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishda ko‘proq ochiq-oydinlikni ta'minlashga chaqirmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv davomida shunday fikrni bildirdi.

“Siz harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishda ko‘proq oydinlikni ta'minlashingiz kerak. Biz Rossiya tomonidan qo‘qqisdan o‘tkazilayotgan katta miqdordagi mashg‘ulotlardan tashvishlanmoqdamiz. Mening fikrimcha, bu holni o‘zgartirish, rossiyaliklar o‘zlarining harbiy faoliyatlarida ko‘proq oydinlikni ta'minlashlari kerak”, deb aytdi Stoltenberg.

Avvalroq Boltiqbo‘yi davlatlari NATO kuchlarining ularning hududlarida doimiy ravishda qolishlarini so‘rayotganlari ma'lum qilingandi.

Top