13:24 / 19.05.2015
4301

O‘zbekiston dunyoning sayohat uchun eng tejamkor mamlakatlari o‘ntaligiga kirdi

Adme.ru portali sayohatlar uchun tejamkor bo‘lgan mamlakatlar o‘ntaligiga O‘zbekistonni ham kiritdi.
Portalda ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda har qanday didga mos keluvchi turli-tuman arzon narxdagi kafelar juda ko‘p. Reyting mualliflarining fikricha, O‘zbekistonda ikki kishining tushlik qilishi 35 dollar, mehmonxonada yashash esa 30 dollarga tushadi.

Barcha sayyohlar tashrif buyurishi kerak bo‘lgan obektlar sirasida Chorvoq suv ombori, Chimyon, Samarqand me'morchilik yodgorliklari va boshqalar tilga olingan.
MDH davlatlaridan, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston va Gruziya reytingdan o‘rni oldilar.

Top