13:20 / 19.05.2015
1805

O‘zbekiston kasaba uyushmalari “Yilning eng yaxshi yosh mutaxassisi” tanlovini e'lon qildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi portali O‘zbekiston savdo va sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim, madaniyat va sport ishlari vazirliklari, Fanlar Akademiyasi, Milliy teleradiokompaniya va “O‘zbekiston” axborot agentligi bilan hamkorlikda “Yilning eng yosh mutaxassisi” tanlovining o‘tkazilishini ma'lum qildi.

To‘rt bosqichda o‘tadigan tanlovda kasaba uyushmalariga a'zo bo‘lgan, 35 yoshga to‘lmagan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar 16 nominatsiya bo‘yicha aniqlanadi.

Eng yaxshi loyiha va ishlanmalar taqdim qilgan mutaxassis kasaba uyushmalarining maxsus granti bilan taqdirlanadi.
G‘oliblar 2015 yilning sentabrida III Respublika Yosh mutaxassislar forumida taqdirlanadi.

Top