15:10 / 19.05.2015
2589

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi: Kavkaz va Osiyo iqtisodiyotini neft va mehnat muhojirlari bilan bog‘lab qo‘ymasligi kerak

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi 2015 yilda Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti o‘sishini istiqbollarini 2 foizga qisqartirib, 3.2 foizga tushirdi. Bunga ushbu mamlakatlarning eng yirik hamkori bo‘lmish Rossiyada iqtisodiyotning tushishi kuzatilayotgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, jamg‘armaning may oyi uchun “Mintaqaviy iqtisodiyotning tushish istiqbollari” byulletenida yozilishicha, neft narxining tushishi bunga sabab bo‘lmoqda.

“Neft narxining keskin tushishi va Rossiya iqtisodiyotidagi tushkunlik natijasida Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqalarida iqtisodiy tushish davom etadi. Joriy yilda o‘sish yana 2 foizga qisqarib, 3.2 foizni tashkil qilishi kutilmoqda”, – ta'kidlanadi byulletenda.

Tilga olingan ikki mintaqada YaIM o‘sishi 2016 yilda 4.2 foizni tashkil qiladi. 2015 yilda byudjyet defitsiti 3 foizni, 2016 yilda esa 1 foizni tashkil qiladi. Yillik inflyatsiya muvofiq ravishda 7 va 6 foizga teng bo‘ladi.

Top