15:58 / 19.05.2015
3995

Xokkey bo‘yicha Rossiya termasi Jahon chempionatining kumush medallaridan mahrum etilishi mumkin

Ikki karra Olimpiya chempioni Aleksandr Kojyevnikov Rossiya xokkeychilari Jahon chempionatining final uchrashuvida kanadalik xokkeychilardan katta hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin Kanada gimni ijro etilayotgan paytda maydonni tark etganlariga o‘z fikrini bildirdi.

“Menga ma'lum bo‘lganidek, jamoaning medallar bilan taqdirlash marosimida vaqtidan avval maydonni tark etishi uchun jazo sifatida Rossiya termasi kumush medallardan mahrum etilishi mumkin.

Bu variant aniq ko‘rilmoqda”, – deb aytdi Kojyevnikov “Gazeta.Ru” muxbiriga bergan intervyusida.

Top