14:11 / 20.05.2015
5011

17 qizning boshini aylantirgan xitoylik xotinboz qalloblik uchun qamaldi

Ilgariroq 17 nafar qiz bilan bir vaqtning o‘zida yurgan xitoylik yigit avtohalokatga uchrab, o‘z sirini fosh qilib qo‘yganini ma'lum qilgan edik. Endilikda South China Morning Post gazetasi Yuan ismli bu yigit qalloblikda ayblanib, qamoq jazosiga hukm qilinganini yozmoqda.
Aniqlanishicha, Xunan viloyatidagi Chansha shahrida istiqomat qiluvchi Yuan har oy bir qizdan katta miqdorda pul so‘ragan. Bu sud ayblovi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

Aldangan qizlar “Qasos alyansi” nomli chat tashkil etib, unda qizg‘in muhokamalar olib borgan. Yuanning qamalganini eshitgach, ular chat nomini “Farishtalar” deb o‘zgartirgan.
Shuningdek, qizlardan biri “xitoylik Romeo”dan o‘g‘il ko‘rib ulgurgani aytilmoqda.

Top