07:31 / 20.05.2015
2844

Bermud orollari yaqinida 3 ming yo‘lovchiga ega kruiz layneri sayozlikka botib qoldi

Norwegian Dawn kruiz layneri Bermud orollari yaqinida sayozlikka botib qoldi.

Kema bortida 3 mingdan ortiq kishi: 2675 nafar yo‘lovchi va 1062 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Hech kim jarohatlanmagan, deb xabar bermoqda CNN telekanali.

Norwegian Dawn kemasi Bostonga yo‘l olayotgan bo‘lib, Bermud orollaridagi portdan chiqishi bilanoq kema dvigatellari to‘satdan o‘chib qolgan va kema sayozlikka botib qolgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, favqulodda hodisaga kemada elektr energiyasining vaqtinchalik o‘chirilishi sabab bo‘lgan. Buning oqibatida kemaning tezligi tushib ketgan va kema sayozlikdan o‘tib keta olmagan.

Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Top