08:04 / 20.05.2015
2931

Yevrovideniye 2015 musiqiy tanlovi finalining dastlabki 10 ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi

Avstriya poytaxti Venada “Yevrovideniye” musiqiy tanlovining birinchi yarimfinali o‘z nihoyasiga yetdi. Uning natijalariga ko‘ra 10ta davlat vakillari tanlov finaliga yo‘l oldi.

Tomoshabinlarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, finalga Armaniston, Albaniya, Ruminiya, Rossiya, Vengriya, Gretsiya, Estoniya, Gruziya, Serbiya va Belgiya vakillari o‘tishdi.

Nufuzli musiqiy tanlovning birinchi yarimfinal doirasida Viner Shtadtxalle arenasi sahnasida 16 davlat – Albaniya, Armaniston, Belarus, Belgiya, Daniya, Estoniya, Makedoniya, Finlyandiya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Moldova, Ruminiya, Rossiya, Serbiya, Niderlandiya vakillari ishtirok etishdi.

Tanlovni Moldova nomidan ishtirok etayotgan ukrain Eduard Romanyuta ochib berdi.

23 mayda tanlovning final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Top