07:59 / 20.05.2015
2904

Gannover shahri aholisi Ikkinchi jahon urushi zamonidagi bomba tufayli evakuatsiya qilinadi

Gannover shahrining 31 mingga yaqin aholisi shahar hududida Ikkinchi jahon urushi zamonidagi bomba borligi aniqlangani tufayli bir kechada o‘z uylaridan evakuatsiya qilinadi.

Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, bomba ushbu shaharning janubiy qismida qurilish ishlari olib borilayotgan joyda topildi. Uning og‘irligi 250 kilogrammni tashkil qilmoqda. Sapyorlar bomba detonatorini olib tashlashga urinib ko‘rishadi, agar buni amalga oshirishning iloji bo‘lmasa, unda bomba boshqariluvchi portlash bilan yo‘q qilinadi.

“Mahalliy aholi uchun hech qanday xavf yo‘q. Odamlar vaqtinchalik shifoxona va maktablarga joylashtiriladi. Bomba zararsizlantirilgandan keyin ular o‘z uylariga qaytishlari mumkin bo‘ladi”, deb aytmoqda politsiya vakili.

Ikkinchi jahon urushi oxirida Germaniya hududiga 2 mln donadan ortiq bomba tashlangan. Ulardan 20 foizdan ko‘prog‘i portlamay qolib ketgan.

Top