05:00 / 20.05.2015
3378

Hillari Klinton o‘zini eri va Obama bilan solishtirishlaridan norozi bo‘ldi

AQSh prezidenti lavozimiga asosiy nomzodlardan biri Hillari Klinton o‘z nomiga bildirilgan tanqidga javoban, AQSh rahbari lavozimida u o‘z eri Bill Klinton va Barak Obama yo‘lidan ketmasligini aytdi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

Hillari Klinton o‘z safdoshlari oldida so‘zlagan nutqi paytida uning prezidentlik muddati erining va amaldagi prezidentning 3-chi prezidentlik muddati bo‘lmasligini aytdi.

“Biz aniq tushuntirish berishimiz kerak, men erimning yoki Obamaning 3-chi prezidentlik muddatiga saylanish uchun nomzodimni qo‘ymaganman. Men o‘z istaganimcha tarixni hal qilish uchun nomzodimni qo‘ymoqdaman”, deb aytdi Hillari Klinton.

Avvalroq AQSh Davlat departamentida sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning xizmat yozishmalarini 2016 yilning 15 yanvariga qadar chop etishni rejalashtirilayotgani ma'lum qilingandi.

Xabar berilganidek, Hillari Klinton AQSh davlat kotibi lavozimida ishlaganda xizmat yozishmalarini yuritish uchun foydalangan shaxsiy pochtasidagi maktublarni ularda milliy xavfsizlikni qo‘poruvchi ma'lumotlarning mavjudligiga tekshirilishi bir necha oyni egallaydi.

Top