20:20 / 20.05.2015
4023

Levandovski va Boateng mashg‘ulot paytida urishib ketishdi

"Bavariya”ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski va himoyachi Jyerom Boateng dam olish kunidan keyin o‘tkazilgan ilk mashg‘ulot paytida o‘zaro janjallashib qolishdi.

Boateng Levandovskiga nisbatan qo‘pollik qilgani uchun polshalik hujumchi bunga norozilik bildirgan. Mehdi Benatiya, Rafinya va Filipp Lam ularni ajratishga harakat qilishdi.

Vaziyatga bosh murabbiyi Xosep Gvardiola aralashib, Boateng va Levandovskini muddatidan avval kiyim almashtirish xonasiga jo‘natib yuborgan.

Top