23:46 / 20.05.2015
5678

Medvedev Putin bilan yig‘ilishga Apple Watch soatlarida keldi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tkazgan yig‘ilishda Apple Watch aqlli soatlarini qo‘liga taqqan holda keldi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” gazetasining jurnalisti Dmitriy Smirnov o‘zining tvitterida ma'lum qildi.

“Medvedev bo‘lsa Putin bilan yig‘ilishga Apple Watch soatlarida keldi. Kamtarona o‘tirib, hech kimga bu haqda og‘iz ochmadi”, deb aytib, bosh vazirning rasmlarini ilova qilib qo‘ydi Smirnov.

Dmitriy Medvedev Apple kompaniyasining elektron mahsulotlari ishqibozi hisoblanadi, bosh vazir bir nechta iPhone va iPad larga ega. Bundan tashqari, Medvedev 2010 yilda AQShga prezident sifatida tashrifi paytida Apple qarorgohida bo‘lgan va Stiv Djobsdan sovg‘a sifatida 4 ta iPhone olgan.

Top