18:28 / 20.05.2015
4245

Nigeriyaning Yola shahriga ayol qiyofasida kirmoqchi bo‘lgan jangari qo‘lga olindi

Nigeriyaning Yola shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimlari shahar hududiga ayol qiyofasida kirmoqchi bo‘lgan "Boko Haram" jangarisini qo‘lga olishdi.

Uni tergov qilish orqali shaharga xuddi shu usul bilan 30 nafarga yaqin jangari kirib bo‘lgani aniqlangan.

Ayni vaqtda shahar politsiyasi aholi orasida tergov-qidiruv ishlarini olib borish orqali jangarilarni aniqlashga urinmoqda.

Shaharning muhim obektlarini qo‘riqlash hamda shaharga kirish yo‘llarini nazorat qilish kuchaytirilgan.

Top