11:26 / 20.05.2015
3507

Nikohdan o‘tayotgan yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda soxtakorlikka yo‘l qo‘yilmoqda

Yangi nikohdan o‘tayotgan yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida ma'lumotlarni soxtalashtirish holatlari ko‘p kuzatilmoqda. “Oila davrasida” gazetasida yozilishicha, ko‘p hollarda tibbiyot xodimlari pora evaziga yolg‘on ma'lumotnomalar tayyorlab berishi oqibatida yosh oilalar buzilib ketmoqda.
Chilonzor tuman “Baxt uyi” xodimining so‘zlariga qaraganda, ayrim yosh juftliklar bir-birini yaxshi bilishini ro‘kach qilib, tekshiruvdan o‘tishni istamaydi. Ammo, uning fikricha, tibbiy ko‘rik o‘zaro ishonchdan ustun turishi kerak.

Top