16:45 / 20.05.2015
2112

Ozarbayjon FVV rahbari Bokudagi yong‘in tufayli O‘zbekistonga ishchi tashrifini erta yakunladi

Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vaziri Kamoliddin Geydarov O‘zbekistonga ishchi tashrifini barvaqt yakunladi va Bokuga qaytdi.

«Ozarbayjon FVV rahbari seshanba kuni ishchi tashrifi bilan O‘zbekistonga yo‘l olgandi. Ammo seshanba kuni bir necha qurbonlar bo‘lishiga olib kelgan Bokudagi yong‘in tufayli K.Geydarov O‘zbekistonga tashrifini to‘xtatdi va Ozarbayjon poytaxtiga qaytdi», — deyiladi Ozarbayjon FVV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, Kamoliddin Geydarov O‘zbekiston FVV bilan hamkorlik kelishuvini imzolash uchun Toshkentga kelgandi.

19 may kuni 16 qavatli uyda yuzaga kelgan yong‘in tufayli 16 kishi halok bo‘ldi va 64 kishi jabrlandi, ularning 54 nafari shifoxonaga yotqizildi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev yong‘in sabablarini o‘rganish uchun davlat komissiyasi tuzdi va bosh vazir Abid Sharifovni komissiyaga rahbar etib tayinladi.

Huquq-tartibot idoralari 19 may, seshanba kuni yong‘in sodir bo‘lgan ko‘p qavatli binoning devorini qoplash ishlari bilan shug‘ullangan Global Construction kompaniyasi rahbarini qo‘lga oldi.


Top