15:46 / 20.05.2015
2684

O‘zbekiston aholisining 50 foizi ortiqcha vaznga ekanligi aytildi ega

O‘zbekiston aholisining 50.1 foizi ortiqcha vaznga ega. 20.1 foiz aholi esa yog‘ bog‘lashdan kelib chiqadigan kasalliklar va noqulayliklardan aziyat chekadi, deb xabar berdi "Gazeta.Uz". Bu haqda “Yuqumsiz kasalliklarning tarqalish omillari” nomli birinchi keng miqyosli milliy tadqiqotdan ma'lum bo‘ldi.

Tadqiqot yakunlari seshanba kuni Toshkentda keng jamoatchilikka taqdim etildi. Aytilishicha, so‘rovnoma va tadqiqot ishlari 2014 yil yanvar-aprel oylarida sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon bankining “Sog‘liq-3” loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Umuman olganda, tadqiqot natijalarini tayyorlash, tahlil qilish va qayta ishlash jarayoniga 3 yil sarflangan.

Tadqiqot klaster usulida o‘tkazilgan bo‘lib, uning doirasidagi izlanishlarda 18-64 yosh orasidagi 4 350 kishi ishtirok etdi. U uch bosqichda o‘tkazildi: so‘rovnoma, jismoniy va biokimyoviy tekshiruv.
Aniqlanishicha, 67.2 foiz aholi har yetarli miqdorda meva va sabzavot iste'mol qilmaydi (400 gr dan kam). So‘rovnomada ishtirok etganlarning 46.3 foizining qoni tarkibida xolesterin miqdori me'yoridan ortiq.
30.8 foiz aholida qon bosimi yuqori, 9.1 foiz aholining qonida esa glyukoza ortib ketgan.

Shuningdek, aholining 30.7 foizi spirtli ichimliklar va 42.4 foizi tamaki mahsulotlarini iste'mol qilishi aniqlandi. Ayollar ichida bu ko‘rsatkichlar ancha past – 5.7 va 1.5 foiz.

40-64 yosh orasidagi aholining 20 foizi yurak kasalligiga chalinish xavfi ostida ekanligi ayniqsa mutaxassislarni xavotirga solmoqda.
Faqatgina 11 foiz aholi hech qanday xavf omiliga ega emas. 66.4 foiz aholi 1-2ta xavf omiliga, 22.6 foiz aholi 3-5 omilga ega.

Top