11:45 / 20.05.2015
2295

O‘zbekiston TIVda bir qator davlatlarning elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

18-19 may kunlari davomida O‘zbekiston TIVda Yaponiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya elchilari, shuningdek Yevropa Ittifoqi hamda BMTTD vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmatida xabar berilishicha, Yaponiya elchisi Fumihiko Kato bilan uchrashuvda ikki tomon kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan rejalashtirilayotgan O‘zbekiston-Yaponiya uchrashuvlari jadvali muhokama qilindi.
"Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze bilan uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning amaliy masalalari, jumladan bo‘lajak qo‘shma tadbirlarda Xitoy tomonining ishtiroki muhokama qilindi", deyiladi xabarda.
18 may kuni BMTning Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining Doimiy vakili Stefan Prisner bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi aloqalarning amaliy masalalari, jumladan bo‘lajak uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilingan.
Shuningdek, 19 may kuni Buyuk Britaniya elchisi Jorj Edgar, Germaniya elchisi Naytxart Xefer-Vissing, Fransiya elchisi Jak Anri Els hamda YeIning O‘zbekistonda bo‘lib turgan vakili Ondriy Shimek bilan uchrashuvlarda hududiy va xalqaro miqyosdagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Top