15:03 / 20.05.2015
1969

O‘zbekiston va Ozarbayjon favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha shartnoma imzoladi

2015 yilning 19 may kuni O‘zbekiston va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

“Jahon” axborot agentligining ma'lum qilishicha, shartnoma O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri Tursunxon Xudoyberganov hamda uning ozarbayjonlik hamkasbi Kamoliddin Geydarov tomonlaridan imzolangan.
Kecha Geydarovning kelishuvni amalga oshirish uchun Toshkentga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Hujjatni imzolash marosimi yakunlariga ko‘ra bergan intervyusida Ozarbayjon vakili mamlakat favqulodda vazirligi tashkil etilganidan buyon o‘zbekistonlik hamkasblari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini, yangi shartnoma bu borada ulkan istiqbollar ochib berishini qayd qilib o‘tdi.

Top